Aleksandr Vuchich Serbiya prezidentligi saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U saylovchilarning kamida 60 foizlik ovozini to‘pladi. Shuningdek, Vengriyada ham parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi koalitsiya g‘olib bo‘ldi.
2022 yilda O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Vengriya bosh vazirining Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi g‘alabasi munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytildi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Oliy martabali mehmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurda hamda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shundan keyin Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting